To'lovlarni bitta API bilan qabul qiling
MixPay kassasini oching, API kalitni oling va 10 daqiqada saytingiz yoki botingizga to'lov ulang. Pul tushgani haqida darhol xabar olasiz.
# 1. To'lov yarating curl -X POST https://mixpay.nurlihost.uz/api/v1/payments \ -H "Authorization: Bearer mp_live_..." \ -d '{"amount": 50000, "order_id": "1024"}' # 2. Javob — mijozni pay_url ga yuboring { "id": "pay_8f2c1e...", "amount": 50000, "status": "created", "pay_url": "https://mixpay.nurlihost.uz/pay/..." } # 3. To'langach serveringizga webhook keladi { "event": "payment.paid", ... }
Uch qadamda ulanasiz
Shartnomalar, har bir tizim bilan alohida integratsiya kerak emas: hammasini MixPay qiladi.
Kassa oching
Ro'yxatdan o'ting va loyihangiz uchun kassa yarating. Test kalit darhol beriladi.
API'ni ulang
Bitta POST so'rov bilan to'lov yarating va mijozni to'lov sahifasiga yuboring.
Pulni oling
To'lov tushishi bilan webhook keladi, summa balansingizga yoziladi. Istalgan vaqtda kartaga chiqarasiz.
Nimalar bor
Bitta API — barcha tizimlar
Bitta so'rov bilan to'lov havolasini olasiz. Mijoz qulay tizimni o'zi tanlaydi.
Darhol xabar (webhook)
To'lov tushishi bilan serveringizga imzolangan xabar boradi. Javob bo'lmasa 5 marta qayta yuboriladi.
Kassa paneli
Tushgan, kutilayotgan va bekor qilingan to'lovlar, statistika va balans bitta joyda.
Test rejimi
Test kalit bilan haqiqiy pulsiz butun oqimni sinab ko'rasiz: to'lov, webhook, holat.
Xavfsizlik
Kalitlar xeshlangan, webhook HMAC-SHA256 bilan imzolanadi, sezgir amallar parol so'raydi.
Pul chiqarish
Balansni istalgan Humo yoki Uzcard kartangizga chiqarasiz.
faqat muvaffaqiyatli to'lovdan
- Ulanish va oylik to'lov yo'q
- Kassalar soni: 10 tagacha
- Test rejimi bepul va cheklovsiz
- Webhook, statistika va hisobotlar
- Kartaga pul chiqarish
Bugun to'lov qabul qilishni boshlang
Ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa vaqt oladi.